Yangiliklar
Jizzaxda “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusi onlayn ko’rik-tanlovini yakunlandi
1-fevral 2023-yilJizzaxda “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusi onlayn ko’rik-tanlovini yakunlandi
Mazkur online ko’rik tanlov mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog’lom etib tarbiyalash, buyuk bobokalonlarimizning xotirasini abadiylashtirish hamda ajdodlarga munosib avlod qilib tarbiyalash va ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish yo’lida olib borilayotgan ishlar tartibini belgilaydi.
Tanlovda asosiy maqsad o’quvchi yoshlarning iste’dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon qilish, yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan fidoiy va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, o’quvchi-yoshlarni ajdodlarga munosib avlod etib tarbiyalash ko’zda tutilgan.
“Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida o’tkazilgan ko’rik-tanlovda o’quvchilar tomonidan o’zi egallagan kasbi bo’yicha videoroliklari kamissiya a’zolari tomonidan har bir bosqich bo’yicha ko’rib chiqildi.
Ko’rik-tanlov umumta’lim maktablarining 9-11-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkazildi va 1-,2-,3-o’rin sohiblari aniqlandi.
Videorolik 100 ballik tizimda baholanadi, shundan:
1. O’rin Jizzax shahar 26-umumiy o'rta ta'lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Tirkashev Samadbekning “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusidagi videoroligi uchun– 80 ball.
2. O’rin Jizzax viloyati Zomin tumani 60-umumta'lim maktabi 9-B sinf o'quvchisi Ibragimova Sevinchning "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida tayyorlagan videorolik uchun – 75 ball.
3. O’rin Jizzax viloyati Yangiobod tumani 1-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Suvonqulov Bekzodbekning "Mening kelajakdagi kasbim" mavzusida tayyorlagan videoroligi uchun – 70 ball.