Bunda kasbga yoʻnaltirish boʻyicha zavod, fabrika, ishlab chiqarish korxonalari, avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchalarining joylashuvlari hamda ulardan mutaxassislar jalb qilish imkoniyatlari oʻrganib chiqildi.
Shuningdek, xorijiy tillarni oʻqitishni yoʻlga qoʻyishda asosiy eʼtibor tumandagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish. Bunda Fransuz va Nemis tillarini tamomlagan ammo bugungi kunda ehtiyoj yoʻqligi sabab oʻtolmayotgan pedagog kadrlarni qayta oʻqitish hamda malakasini oshirishga qaratildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra 4 ta umumtaʼlim maktablaridan 2 tasida qoʻshimcha til sifatida Fransuz tili va qolgan 2 ta maktablarda Nemis tillarini oʻrganishga ehtiyoj koʻproq ekanligi maʼlum boʻldi va faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning 2 nafari Fransuz tilini bilishi, 1 nafari Nemis tilini bilishi va yana bir nafari Nemis tilida qayta tayyorlovdan oʻtishi maʼlum boʻldi.
Bundan tashqari umumtaʼlim maktablarida zamonaviy kasblarga boʻlgan qiziqishlar va ham oʻrganib chiqildi va ishchi guruh tomonidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlandi.
Jizzax viloyat xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.