Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Bilimlar kuni – yangi orzular sari eshik

2-sentabr 2025-yil
image

Bugun Jizzax shahridagi 19-umumtaʼlim maktabi sahnida bilim va maʼrifat tantanasi yangradi. Qo‘ng‘iroq sadosi darslarni emas, balki ezgu niyatlar, yuksak marralar va yorqin orzularni ham chorlab yangradi.

Bayram tadbirida Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Sanobar Suyarova ham ishtirok etib, ilk bor maktab ostonasidan qadam qo‘ygan kichkintoylarni, bilimga chanqoq o‘quvchilarga va ularni tarbiyalab kelayotgan ustozlarga  viloyat hokimi Ulug'bek Mustafoyevning bayram tabrigini yo'lladi. 

Tadbirda o'quvchilar tomonidan badiiy chiqishlar yig'ilganlarga namoyish etildi. Shundan so'ng, qalblarga hayajon soluvchi birinchi qo'ng'iroq sadolari yangrab, barcha o'quvchilar o'quv yilining dastlabki darsi sanalgan "Kelajak soati" darslarini boshladilar. 

Boshqarma boshlig'i maktab ostonasiga ilk bor qadam qo'yayotgan o'g'il-qizlar bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbatda bo'ldi. Shundan so'ng, maktabning 9-sinf o'quvchilari bilan ham uchrashar ekan, boshqarma boshlig'i yoshlarning orzu-maqsadlari, kelajak rejalari bilan qiziqdi. O'quvchi yoshlar samimiy suhbatlarda erishgan yutuqlari haqida to'lqinlanib gapirdilar. 

Yangi o‘quv yili – yangi imkoniyatlar, yangi yutuqlar va yangi zafarlar demakdir. Har bir o‘quvchining daftariga yozilgan ilk satr baxtli kelajakning debochasi bo‘lsin! 

Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax