Yangiliklar
JIZZAXDA “INFOTEACH–2025” FORUMI BO‘LIB O‘TDI!
17-iyun 2025-yil
2025-yil 17-iyun kuni Jizzax viloyatida informatika fani o‘qituvchilari uchun “InfoTeach–2025” Respublika forumi tashkil etildi.
Mazkur tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va hududiy hokimliklar hamkorligida, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida o‘tkazildi.
Forumning asosiy maqsadi – informatika o‘qituvchilarining sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajriba bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasbiy mahoratini mustahkamlashdan iborat.
Forumda 800 nafar informatika fani o‘qituvchisi ishtirok etdi. Tadbir bir kun davomida boy o‘quv dasturi asosida o‘tkazildi.
Janubiy Koreya Respublikasi o'tiladigan mashg‘ulot mavzulari:
▫️ Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
▫️ O‘qituvchilarda kasbiy motivatsiyani oshirish
▫️ Raqamli ta’lim sohasidagi yangi loyihalar
▫️ O‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash (IOI, APIO, Al-Xorazmiy)
▫️ Robocontest va boshqa platformalardan foydalanish
▫️ Shaxsiy brend va ta’sirchan CV yaratish bo‘yicha maslahatlar
Tadbirda tajribali spikerlar – soha ekspertlari, amaliyotchilar va xalqaro tajribaga ega mutaxassislar chiqish qildilar.
Forum yakunida eng faol ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, ishtirokchilar uchun madaniy dastur ham tashkil etildi.
Yurtimiz informatika o‘qituvchilarini zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish yo‘lidagi bu kabi tashabbuslar sohaga yangi sur’at baxsh etmoqda!