Yangiliklar
JANUBIY KOREYA: Informatika va axborot texnologiyalari fani ustozlari malaka oshirishmoqda
27-may 2025-yil
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Janubiy Koreya Respublikasining Seul Ta’lim departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilgan dastur doirasida informatika va AT fani ustozlari "Raqamli talimning globallashuvi" bo‘yicha o‘quv seminarlarida ishtirok etishmoqda.
Mahorat darslari davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni, ularni o‘quvchilar va o‘qituvchilar faoliyatiga samarali tatbiq etish yo‘llari, hamda bu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalar haqida so‘z yuritilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar Seul shahridagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan yuqori sinf maktabida ham bo‘lib, “Mikrobit” qurilmasi orqali robotlarni dasturlash va harakatga keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Bunda ustozlar o‘quvchilarning texnik va algoritmik tafakkurini rivojlantirishda robototexnika vositalarining ahamiyatini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.