Yangiliklar
XALQARO HAMKORLIK
20-may 2025-yil
✈️ Informatika va axborot texnologiyalari fani ustozlari Koreyada malaka oshirishadi
✅Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamentining “KLIC Training Program” loyihasi ishtirokchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda vazir o‘rinbosari Temur Komilov, mas’ullar va loyiha ishtirokchilar qatnashdi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur loyiha
Janubiy Koreya Respublikasi Seul taʼlim departamenti bilan hamkorlikda xalqaro tajribani oʻrganish, taʼlim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
➖Unda har bir hududda yuqori ball bilan toifa sertifikatiga ega boʻlgan Informatika va axborot texnologiyalari fani oʻqituvchilaridan 14 nafar oʻqituvchi va 1 nafar kordinator jami 15 nafar ustozlar qatnashmoqda.
Ular Koreyada 10 kun davomida bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishlari hamda Koreyaning umumtaʼlim maktablari faoliyati va taʼlim jarayonlarini o‘rganishlari rejalashtirilgan.