Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Jizzax ta’limi: o‘quv yili yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar”

22-may 2025-yil
image

“Jizzax ta’limi: o‘quv yili yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar”

“Jizzax ta’limi: o‘quv yili yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar” Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida o’tkazilgan matbuot anjumani shunday nomlandi.

Tadbirda boshqarma rahbarlari, tuman bo‘limlari boshliqlari, mutaxassislar va OAV vakillari ishtirok etdi. Unda 2024–2025 o‘quv yili yakunlari tahlil qilindi, ta’limdagi muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 Prezidentimiz tashabbusi bilan belgilangan “dolzarb 90 kun” rejasi doirasidagi vazifalar ham anjumanda muhokama markazida bo‘ldi. Ta’lim sifati, pedagoglar malakasi va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.

 Anjuman ochiq muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi.
 

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax