Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

"Ilm fan fidokori" esdalik nishoni sohibasi

3-fevral 2023-yil
image

"Ilm fan fidokori" esdalik nishoni sohibasi

Salimova Muborak Javlon qizi 1997-yil 6-fevralda Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tavallud topgan. 

2017-2021-yillarda O'zbekiston Davlat Jaxon tillari universiteti tamomlagan.

Yoz bo'lishiga qaramasdan ko'plab yutuqlarga erishgan:

2021-yildan buyon Jizzax viloyati Zafarobod tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi ingliz tili fan o'qituvchisi bo'lib o'z faoliyatini olib bormoqda.

Yaqinda MDX davlatlari o'rtasida o'tkazilgan eng yaxshi ilmiy ishlar xalqaro ko'rik tanlovida ham munosib ishtirok etib, tanlovda g'oliblikni qo'lga kiritib "Ilm fan fidokori" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

PEDAGOGIK FAOLIYATINI BOSHLAGUNGA QADAR ERISHGAN YUTUQLARI

2019-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Xalqaro Huquq Assosiatsiyasi

tomonidan oʻtkazilgan “Parlamentning Yoshlar Modeli”da faol delegat boʻlib qatnashganligi uchun “Sertifikat” bilan taqdirlangan.

2019-yil Buxoro shahrida oʻtkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Chet tillarini oʻqitishda innovatsion texnologiyalarning oʻrni” nomli maqolasi chop etilgan.

2019-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan oʻtkazilgan 11-oktyabr – “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar ovozi” 1- Respublika forumida faol ishtiroki uchun “Faxriy

Yorliq” bilan taqdirlangan.

2019-yil Buxoro shahrida oʻtkazilgan “Zamonaviy taʼlimning barcha bosqichlarida bola huquqlari sohasidagi taʼlim faoliyatini takomillashtirish “Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar toʻplami uchun Sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil Termiz shahrida oʻtkazilgan “Boshlangʻich taʼlim jarayoniga innovatsion yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidagi ishtiroki uchun “Sertifikat” bilan taqdirlangan.

2019-yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Zamonaviy psixologiya muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanida oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etganligi uchun “Sertifikat” bilan taqdirlangan.

2019-yil Qarshi shahrida oʻtkazilgan “Globallashuv sharoitida umumtaʼlim maktablarida zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish, muammo va yechimlar” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar toʻplamida “Innovatsion taʼlim texnologiyalarining oʻrni va ahamiyati” nomli maqolasi chop etilgan.

2019-yil Polsha davlati Varshava shahrida oʻtkazilgan Xalqaro konferensiyasida “Resources for easy learning french” nomli maqolasi bilan faol ishtirok etganligi uchun “Sertifikat” bilan taqdirlangan.

2019-yil London shahri “International scientific Journal”  “Ochlik xirgoyilari romanida qahramonlar siymosida jamiyat hayotining tasvirlanishi” nomli maqolasi chop etilgan.

2020-yil Toshkent shahrida oʻtkazilgan yoshlar ittifoqi xalqaro konferensiyasida “The best manager” nominatsiyasi boʻyicha “Sertifikat” bilan taqdirlangan

2020-yil “Taʼlim fidoiylari nomli Respublika ilmiy-uslubiy onlayn jurnalida 8-sinf uchun tayyorlangan “Garde la formeʼ mavzusida dars ishlanmasi chop etilgan.

2020-yil “Bravo Intellect Center” innovatsion rivojlanish markazi tomonidan tashkil etilgan “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” Respublika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etganligi uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020-yil Rossiya Federatsiyasining Образованиу и наука в XXI веке nomli Xalqaro ilmiy-uslubiy onlayn jurnalida “Pedagogik kasbiy kompetentlik va uning oʻqituvchi faoliyatidagi tutgan oʻrni” nomli maqolasi chop etilgan.

 

Yosh va shijoatli ta'lim fidoiylari ko'payaversin.

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax