Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Jizax shahrida bog'chalar soni yana bittaga ko'paydi

6-sentabr 2025-yil
image

Yurt istiqboli ta’limga qaratilgan e’tibor bilan baholanadi. Shu ma’noda, o’z oldiga yosh avlodni har tamonlama barkamol e’tib tarbiyalashdek maqsadni ko’zlagan ta’lim maskanlarining o’rni beqiyos. Zero, hukumatimizning e’tibori bilan son va sifat jihatidan o’sayotgan ta’lim maskanlarida  uchinchi rennesansdan kutayilatgan natijalar ulkandir.    
 

 

Mustaqillik shodiyonalari kezib yurgan mana shunday kunlarda shahrimizning “O”ratepalik” mahallasi hududida yana bir davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi
 

O'tgan asrda dastlab yashash hovlisi, shundan so’ng esa maktabgacha ta’lim tashkilotiga moslashtirilgan 12-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tamomila yangicha qiyofa va go’zallik kasb etdi. Endilikda u 180 nafar bolajonni o’z bag’riga qamrab oladi.  Mazkur davlat maktabgach ta’lim tashkilotining tantanali Ochilish  marosimida viloyat hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Jo'rayev,  Jizzax shahar hokimi Komil Xolmurodov, tashkilot mutasaddilari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

So’z olganlar mamlakatimizda maktabgacha ta’lim islohotlari haqida to’xtalar ekan, mazkur bog’cha bunga yaqqol isbot ekanligini ta’kidladilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari endiliikda bolalarga xavfsiz sharoit yaratishi barobarida sifatli ta’lim maydoni ekanligi haqida gapirildi.

Shundan so’ng,mahalla oqsoqollari tomonidan duo qilinib, tashkilot jamoasi va yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun ezgu tilaklar bildirildi.
Tadbirning badiiy qismi chin ma’noda tantanaga ulanib ketdi. Bolajonlarning quvnoq raqslaru kuy-qo’shiqlari yig’ilganlarga xushkayfiyat ulashish barobarida bolajonlar iste’dodini namoyon etdi. Vatan, baxtli bolalik tarannumi barchaning olqishiga sabab bo’ldi. Shundan so’ng rasmiy bog’ichlar kesilib, mehmonlar  ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishga taklif etildi.
Ta’kidlab o’tish kerakki, loyihaning qiymati 2 milliard 778 million so‘mdan ortiqni tashkil etdi. Qurilish-montaj ishlari barcha me’yoriy talablar asosida amalga oshirildi. Endilikda tashkilotda bolajonlar uchun qulay sharoit, keng va yorug’ mashg’ulot xonalari,  markazlashgan oshxona, zamonaviy jihozlar bolajonlar istiqboli uchun xizmat qiladi.   


 

 

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax