Янгиликлар
RASMIY MUNOSABAT
7 апрель 2023 йилIjtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Sobir Vaqqosov tomonidan pedagoglarning tuman markazidan olis hududga referendum tadbirlari uchun majburan chaqirilayotgani haqida post tarqaldi.
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan holat bo'yicha oʻrganish olib borildi. Oʻrganish davomida haqiqatdan ham joriy yilning 5-aprel kuni tuman markazida referendum targʻibotiga bagʻishlangan tadbir tashkil etilib, ushbu tadbirga poytaxtdan sanʼatkorlar tashrif buyurgan. Boʻlim rahbari tomonidan tadbirda ishtirok etuvchi xodimlar soni majburiy belgilanmagani va bu tadbir xodimlarning siyosiy ongini oʻstirish maqsadida tashkil etilib, pedagoglarga ishtirok etish tavsiya etilganini maʼlum qildi.
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi shu oʻrinda bu kabi targʻibot tadbirlarida ishtirok etish majburiy emas ekanligi, har kim oʻz fikri va dunyoqarashidan kelib chiqqan holda fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi mumkinligini eslatib oʻtadi.