FAQ
O'zbekistonda majburiy o'n bir yillik ta'lim joriy etilganligi va 9-sinf o'quvchilarining ko'pchiligi 10-sinfda o'qishni davom ettirishi sababli 9-sinf bitiruvchilarining sertifikatlari maktabda saqlanadi. Agar talaba 9-sinfni tamomlagandan so'ng akademik litseyga, kasb-hunar maktabiga o'qishga kirsa yoki yangi o'quv yurtidan ma'lumotnoma yoki Kupon asosida boshqa umumta'lim maktabiga o'tkazilsa, bu masala bo'yicha ota-onalar maktab direktoriga murojaat qilishlari mumkin.
Majburiy o'n bir yillik ta'lim tugagandan so'ng, 11 sinf bitiruvchilariga sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 154-sonli qarori bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi tasdiqlangan.
✅ Unga koʻra, oltin medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yakuniy nazoratlar, choraklik va yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
✅ Kumush medal umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud boʻlgan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi.
Yuborishingiz mumkin. Faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq taʼlim muassasasiga kirib kelishda har bir oʻquvchi oʻz telefoni chaqiruv ovozini toʻliq oʻchirib qoʻyishi shart.
Bunda oʻquvchilarga maktabda telefonini boʻyniga osib olish, koʻkrak choʻntaklarida, shim, yubkalari choʻntaklarida saqlash, telefon yordamida atrofdagilarga zoʻravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targʻib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, taʼlim muassasasida surat va videolar olib, keyinchalik tarqatish taqiqlanadi.
Shuningdek dars vaqtida:
telefon orqali soʻzlashish hamda SMS va boshqa turdagi xabarlarni joʻnatish;
telefonni stol ustiga qoʻyish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni koʻrsatishda telefondan foydalanish, tasvirlar koʻrish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin emas.
Oʻquvchilarga tanaffuslarda faqat asosli va kechiktirib boʻlmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning oʻrnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, taʼlim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bogʻlanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinf oʻqituvchisi diplomida “Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi”, “Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ishlar metodikasi”, “Boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish”, “Pedagogika va boshlangʻich sinflar oʻqituvchisi” kabi ixtisosliklardan biri berilgan boʻlsa, ular umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʼat”, “texnologiya” fanlaridan dars berishi mumkin.
Shuningdek, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining diplomida “Boshlangʻich taʼlim va sport-tarbiyaviy ish” ixtisosligi berilgan boʻlsa, ular umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining boshlangʻich sinflarida “ona tili”, “oʻqish”, “tarbiya”, “matematika”, “atrofimizdagi olam”, “tabiatshunoslik”, “tasviriy sanʼat”, “texnologiya”, “jismoniy tarbiya” fanlaridan dars berishi mumkin. Shu sababli, boshlangʻich sinf oʻqituvchisining tarif stavkasi ushbu fanlar hisobidan toʻldirilishi mumkin.
Yoʻq, notoʻgʻri. Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining pensiya yoshida boʻlgan pedagog kadrlari attestatsiyaga oʻz xohishiga koʻra jalb etiladi. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli “Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi Qaroriga ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandida belgilab qoʻyilgan.
Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qolinadi.