Новости
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “KLIC Training Program” xalqaro loyihasi Jizzaxda
27 июнь 2025 год
Kelajak sari raqamli qadamlarda
Zamonaviy bilim va texnologiyalar sari uzatilgan qadam — Zarbdor tumani 26-umumta’lim maktabi informatika fani o‘qituvchisi Jahongir Norbo‘tayev uchun bu safar nafaqat yangi bilim, balki katta tajriba maktabi bo‘ldi.
Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “KLIC Training Program” xalqaro loyihasi doirasida u ilg‘or ta’lim metodikalari, sun’iy intellekt (AI) va raqamli texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirdi.
Orttirilgan bilimlar endilikda Zarbdor ta’lim tizimida amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ustoz Norbo‘tayev tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablari direktorlari va informatika fani o‘qituvchilari uchun maxsus seminar o‘tkazib, xalqaro tajriba asosida innovatsion yondashuvlar bilan bo‘lishdi.
Tadbirda Zarbdor tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Roziyev ham ishtirok etdi. Unda 2025-yilda 1-sinflarga onlayn qabul jarayoni, yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy fikr almashildi.